21 jan 14:42
Yangiliklar
Janibek Alimxanulining "B" doping namunasi ham ijobiy chiqdi
Bu haqda Qozog'iston professional boks federaciyasi prezidenti Rahimjan Erdenbekov malum qildi.
"Yaqinda AQSHdan WADA tomonidan yuborilgan 34 betlik yakuniy ekspertiza xulosasi keldi. Ha, “B” namunasi tasdiqlandi.
Hozir asosiy savol — u buni ongli ravishda qabul qildimi yoki bu modda uning organizmiga qandaydir yo'l bilan tushib qolganmi? Hozircha masala shu erda turibdi", — dedi Erdenbekov.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Alimxanuli doping testdan o'ta olmagani, uning tahlillarida meldoniy moddasi aniqlangani malum bo'lgan edi. SHu sababli 7 dekabr kuni AQSHning San-Antonio shahrida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan, kubalik Erislandi Laraga qarshi o'rta vazndagi (72,6 kg) birlashtiruvchi jang bekor qilingan.
Fikrlar