21 may 11:13
Yangiliklar
Jarohat pand berdi - Timofeeva "Rolan Garros"dagi yurishini alamli tarzda to'xtatdi
O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Mariya Timofeeva nufuzli musobaqadagi ishtirokini nisbatan engil g'alaba bilan boshlab olgandi. Saralash bahslarida 24-raqam ostida tasniflangan Mariya ilk bosqichda Kanada vakilasi Kadeno Breysni 6/1, 6/3 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Afsuski, juda yaxshi boshlangan saralashning 1/2 final uchrashuvidagi oyog'idan olgan jarohat Mariya uchun qimmatga tushdi. Timofeeva argentinalik Mariya Lurdes Karlega qarshi bahsning birinchi setini 6/2 hisobida o'z foydasiga hal qildi. Ikkinchi setda Lurdes qarshilikka duch kelmagan holda g'alaba qozondi - 6/0. Hal qiluvchi uchinchi setda vakilamizning oyoq tomirlari tortishib qoldi. Buni videoda ham ko'rishingiz mumkin. Mariya bahsni yakunlab qo'yishga o'zida kuch topa oldi, lekin g'alaba raqiba tomonda bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Timofeeva ayni paytda WTA reytingida 119, Karle esa 209-o'rinni egallab turibdi.

Fikrlar