26 jan 08:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji chempion Oliveyraga taklif bilan chiqdi
Engil vazn toifasida UFC kamariga rasmiy davogar Jastin Getji chempion CHarlz Oliveyraga qarshi Braziliyada jang qilmoqchi.
"Bizda 7 mayga Braziliyada turnir rejalashtirilgan. Men esa chempionga qarshi uning yurtida oktagonga ko'tarilmoqchiman. Qani ketdik!", - deb yozib qoldirgan Getji ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 7 may kuni bo'lib o'tadigan UFC 274 kechasining markaziy jangida yarimog'ir vazn chempioni Glover Teyshera chexiyalik davogar Irji Proxazkaga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Havola :
Manba : mmafighting.com
Fikrlar