30 iyu 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Jastin Getji Dastin Poreni mag'lub etganidan so'ng nimalar dedi?
Dastin Poreni mag'lub etgan Jastin Getji navbatdagi jangini chempionlik uchun o'tkazish niyatida ekanligini elon qildi.
“MMA ajoyib sport. Bu erda hamma narsa bo'lishi mumkin. Mag'lubiyatlar doim bo'ladi. Lekin sen doim mag'lubiyatlardan xulosa chiqarishing kerak. Birinchi jangimdagi mag'lubiyatimdan to'g'ri xulosa chiqara oldim va g'alaba qozondim.
Endi chempionlik kamari uchun jang qilmoqchiman. Men bunga haqliman. Men bu zarbani birinchi raundning o'zida ikki marta yo'llab ko'rdim, biroq u qochib qoldi. Lekin ikkinchi raundda bu zarbadan qutila olmadi”, - dedi Getji.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar