12 iyu 15:15
Yangiliklar
Jastin Getji faoliyatini yakunlash haqidagi savolga javob qaytardi
"Hozircha qaror qilganim yo'q. UFC’da hamma narsa juda tez o'zgaradi. Oldinda katta janglar ko'p, vaziyat qanday rivojlanishini ko'ramiz.
Bu yil ikki marta jang qildim. Odatda men bir yilda uch marta oktagonga chiqmayman, hatto ikki jang ham men uchun kamdan-kam holat. Endi tanamga dam berishim kerak. So'nggi ikki jangda bir nechta jarohatlar bilan ishtirok etdim, shuning uchun avvalo tiklanish muhim.
Keyin esa voqealar qanday rivojlanishini, qaysi janglar tashkil etilishini va UFC nima istashini ko'ramiz. Oxir-oqibat qarorni UFC qabul qiladi. Qanday muzokaralar bo'lishini ko'ramiz va shundan keyin kelajagim haqida aniqroq fikr yuritish mumkin bo'ladi.
Hozircha esa chempionlik maqomidan zavqlanmoqchiman", — dedi Getji TNT Sports’ning X sahifasida elon qilingan videoda.
Fikrlar