07 may 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Jastin Getji Islam Maxachev va Xabibni taqqosladi
Engil vazn toifasida UFC jangchisi Jastin Getji Xabib Nurmagomedov va Islam Maxachev o'rtasidagi farq nimada ekanligini aytdi.
"Islam menga Xabibni eslatadi. Lekin, u kuchsizroq. Islam allaqachon nokautga uchragan. SHuning uchun ham Islam Xabibdek bo'la olmaydi. U o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotgan", — dedi Getji.
8 may kuni Jastin Getji UFC 274 turnirida CHarlz Oliveyraga qarshi bahs olib boradi. Jang Feniksda (AQSH) bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, CHarlz Oliveyra so'nggi bor UFC 269 turnirida AQSHlik Dastin Poreni mag'lub etib engil vazn toifasida chempionga aylangan edi.
Jastin Getji so'nggi jangini 2021 yilning noyabr oyida o'tkazgandi va UFC 268 turnirida hakamlar qarori bilan Maykl CHandlerni mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar