08 apr 12:18
Yangiliklar
Jastin Getji Maxachevga qarshi jangdan bosh tortdi
Jastin kelayotgan yakshanba tongida o'ziga tegishli BMF kamarini Maks Xolloueydan himoya qiladi. Getji Maksni mag'lubiyatga uchratgan holatda iyun oyida chempionlik kamarini himoya qiladigan Islam Maxachevga "vyzov" tashlamasligini aytmoqda. Uning fikricha, rossiyalik chempionning keyingi raqibi CHarlz Oliveyra - Arman Carukyan jangi g'olibi bo'lishi shart. Aynan shu bahs tashkilot tomonidan davogarlar jangi deb elon qilingan.
"Oliveyra-Carukyan jangi g'olibi iyun oyida Maxachevga raqib bo'ladi. Keyingi davogar esa men bo'laman. Jang noyabr oyida "Medison Skver Garden"da o'tkazilsa zo'r bo'lardi. Bu men uchun eng ideal grafik. SHundagina menda tiklanish, xordiq chiqarish va chempionlik jangiga tayyorgarlik ko'rish uchun etarli vaqt bo'ladi", - dedi Getji MMA Junkie nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Getji-Xollouey hamda Oliveyra-Carukyan janglari UFC 300 yubiley turnirining kardidan o'rin olgan bo'lib, 13 aprel (O'zbekistonda 14 aprel tongi) kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o'tkaziladi. Islam Maxachev avvalroq iyun oyida reytingda uchinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Dastin Pore bilan jang qilishga qarshi emasligini aytgandi.
Fikrlar