02 okt 09:26
Yangiliklar

Jasur Xo'jaev Jahon chempioni!
Erkaklar o'rtasida F32 toifasida yadro uloqtirish bahslari finalida qatnashgan hamyurtimiz Jasur Xo'jaev o'z urinishlari davomida 9.96 m masofani bo'ysundirib, mavsumdagi eng yaxshi natijasini qayd etish bilan birga jamoamiz hisobiga oltin medalni taqdim etdi.
Jahon chempionati. Erkaklar o'rtasida yadro uloqtirish dasturi (F32)
1. Jasur Xo'jaev (O'zbekiston) - 9.96
2. Atanasios Konstantinidis (Greciya) - 9.65
3. Mohamed Najib (Jazoir) - 9.56
SHuningdek, bugun chiqish qilgan sportchilarimizdan Yorqinbek Odilov hamda Ilxom Turg'unov F57 toifasida disk uloqtirish dasturi finaliga yo'l olgan bo'lsa, Faxriddin Xamraev T12 klassida 400 m masofaga yugurish bellashuvlarining hal qiluvchi bosqich chiptasiga ega chiqdi.
Hozirda hisobimizdagi medallar soni 7 tani tashkil etyapti: 2 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza.
Fikrlar