25 mar 08:39
Yangiliklar
Futbol

Jasur Yaxshiboev "Nassaji Mazandaran" klubiga o'tdi + FOTO
Jasur Yaxshiboev faoliyatini Eron chempionatida davom ettiradi.
Hujumkor yarim himoyachimiz Eronning "Nassoji Mazandaran" klubi bilan shartnoma imzoladi. SHartnoma "0.5+1" formatida tuzildi, yani Yaxshiboev joriy mavsum oxirigacha (yarim yil) va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan klubda faoliyat yuritadi.
Malumot uchun, Jasur Yaxshiboev o'tgan mavsumni Qozog'istonning "Ordabasi" klubi safida o'tkazgan edi. U mavsumda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga erishdi. Yaxshiboev eng chiroyli golni QPL 21-tur doirasida "Astana" darvozasiga kiritgandi.
Havola :
Fikrlar