19 apr 15:56
Yangiliklar
Sport kurashlari
Jasurbek Ortiqboev Osiyo chempionati sovrindori
Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo'yicha o'tkazilayotgan Osiyo chempionatining birinchi kungi final bellashuvlari boshlandi.
Hozirgina -55 kg vazn toifasidagi yunon-rum kurashchimiz Jasurbek Ortiqboev bronza medali uchun kechgan bellashuvla koreyalik Xeokjin Jeonni 8-0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va terma jamoamizga Osiyo chempionatidagi ilk medalni taqdim etdi.
Afsuski, -63 kg vazn toifasidagi vakilimiz Islomjon Bahromov hindistonlik Niraj Nirajga 4-7 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bahromov ushbu bellashuvda oyoq va qovurg'a qismidagi jarohatlari bilan harakat qilganini takidlash joiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar