12 sen 10:11
Yangiliklar
"Javohir men bilan hazillashdi". Bibisara nufuzli turnirdagi ilk g'alabasi haqida gapirdi
"Nihoyat, ushbu turnirdagi birinchi partiyamda g'alaba qozondim. CHunki bazi partiyalarimda qanday o'ynaganimga qarab, bu umuman amalga oshmaydigandek tuyulayotgandi. Kecha esa Javohir men bilan hazillashib: “Balkim, g'alabalarimdan birini senga berib qo'yaymi? Menda ular juda ko'p”, dedi. Ammo, o'ylaymanki, endi o'z g'alabam bor va jamoamiz bilan birga matchda g'alaba qozonganimizdan juda xursandman», deydi qozog'istonlik shaxmatchi.
Turnirning 8-tur uchrashuvida Bibisara Asaubaeva ayollar taxtasida rossiyalik Polina SHuvalovani 3:0 hisobida ishonchli tarzda mag'lub etdi va birinchi davradagi mag'lubiyati uchun revansh oldi.
Uning FYERS American Gambits jamoasi Ganges Grandmasters ustidan 13:5 hisobida yirik g'alabaga erishdi. Bibisara Assaubaeva esa uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi sifatida individual mukofot bilan taqdirlandi.
Fikrlar