01 sen 20:00
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov Gukeshga qarshi bo'lajak bahs haqida gapirdi
Javohir Sindarov The Indian Express nashriga bergan intervyusida Hindiston vakili Gukesh Dommarajuga duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida o'z fikrini bildirib, jahon chempionligi uchun bo'lajak bahsdan kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.
«Men Gukeshni tushunaman. O'tgan yili u ko'plab turnirlarda ishtirok etdi va psixologik jihatdan o'zini unchalik yaxshi his qilmadi. Balki, unda bazi jihatlar ustida ishlash kerakdek tuyulgandir. Ammo mening fikrimcha, u juda, juda kuchli shaxmatchi.
Men u bilan ko'p marta o'ynaganman va uning nihoyatda yuqori darajada o'ynay olishini bilaman. Agar u 2024 yilda ko'rsatganimizdek, o'zining eng yaxshi formasida bo'lsa, bahsda istalgan natija yuz berishi mumkin. SHuning uchun men uning eng yaxshi formasiga tayyorgarlik ko'ryapman», deydi Sindarov.
Havola :
Manba : chessgames
Fikrlar