15 apr 18:24
Yangiliklar
SHaxmat
Javohir Sindarov "Nomzodlar turniri"ni mag'lubiyatsiz yakunladi
Kiprda yakuniga etib borayotgan shaxmat bo'yicha "Nomzodlar turniri"ning Javohir Sindarov ishtirokidagi so'nggi 14-tur partiyasi 32-yurishdan so'ng to'xtatildi.
Muddatidan avval musobaqa chempionligi bilan birga Jahon toji uchun matchda qatnashish huquqini qo'lga kiritgan Javohir Sindarov 14-turda xitoylik Vey Yi bilan tezkor durangga imzo chekdi. Partiya 32-yurishdan so'ng to'xtatilgan.
SHu tariqa, amaldagi jahon Kubogi sohibi bo'lgan hamyurtimiz mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etgan "Nomzodlar turniri"ni mag'lubiyatsiz yakunladi - 6 g'alaba va 8 durang!

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar