08 may 15:40
Yangiliklar
JCH-2026 finali chiptalari 33 000 dollargacha oshdi
ESPN nashrining xabar berishicha, 7 may kuni tashkilotning rasmiy veb-saytida 19 iyul kuni Nyu-Jersi shtati Ist-Raterforddagi "MetLayf" stadionida bo'lib o'tadigan uchrashuv uchun 32 970 dollarlik joylar paydo bo'ldi.
Avvalroq final uchun maksimal chipta narxi 10 990 dollarni tashkil etgandi. Biroq bu chiptalar endi faqat imkoniyati cheklanganlar tomoshabinlar uchun mavjud.
14 iyul kuni Arlington (Texas)da o'tkaziladigan yarim final chiptalari 11 130, 4330, 3710 va 2705 dollarga baholangandi. Ertasi kuni Atlantada o'tadigan yarim final o'yini uchun narxlar 10 635, 3545 va 2725 dollarni tashkil etdi.
12 iyun kuni AQSHning Paragvayga qarshi ochilish bahsiga mezbonlik qiladigan Inglvud (Kaliforniya)da chiptalar 2735, 1940 va 1120 dollarga sotuvga chiqariladi.
Kongressmenlar Nelli Pou va kichik Frenk Pallone FIFA prezidenti Janni Infantinoga xat yo'lladi. Ular FIFA muxlislarning tribunaga kirishiga to'sqinlik qiladigan shaffof bo'lmagan narx siyosati, o'zgaruvchan qoidalar va chalg'itishi mumkin bo'lgan amaliyotlardan foydalanayotganidan xavotir bildirdi. Kongressmenlar FIFAdan Jahon chempionati barcha muxlislar uchun ochiq bo'lishini taminlash zarurligini talab qildi.
Fikrlar