27 mar 08:02
Yangiliklar
Futbol
JCH-2026 saralashi. Turkiya final o'yiniga yo'l oldi
JCH-2026 saralashining pley-off bosqichida qatnashayotgan Turkiya terma jamoasi o'z uyida Ruminiya termasini qabul qildi.
Unda turkiyaliklar Ferdi Kadiogluning 53-daqiqadagi goli evaziga g'alabaga erishib, pley-offning final o'yiniga yo'llanma oldi.
JCH-2026 ostonasida Vinchenco Montella shogirdlari safarda Slovakiya - Kosovo juftligi g'olibiga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv 31 mart kuni o'tkaziladi.
Turkiya – Ruminiya 1:0
Gol: Kadioglu 53
Turkiya: CHaqir – Kadioglu, Bardakji, Akaydin, Myuldyur – CHalxanoglu (Kaxveji, 90), Yuksek – Yildiz, Gyuler (Kabak, 90), Yilmaz (Kekchyu, 78) – Aktyurkoglu
Ruminiya: Radu – Banku, Burke, Dregushin, Raciu – Dragomir, Marin (Tenase, 66) – Mixeile (Bayaram, 88), Xaji (Stanchu, 71), Man – Birlidja (Mikulesku, 88)

Havola :
Fikrlar