12 iyu 14:03
Yangiliklar
JCH eshik qoqqanida g'alati hodisa: Messining pasporti internetda tarqaldi
"Daily Mail" xabariga ko'ra, voqea ariza berish jarayonida sodir bo'lgan. Odatda unga pasport malumotlari kiritiladi, ammo arizaning bu qismi ommaviy axborot vositalaridan yashirilgan. Biroq Argentina terma jamoasining bayonnomasi ushbu malumot bilan birga elon qilindi va u tezda Argentina matbuotiga etib bordi.
Islandiya terma jamoasi protokolga pasport malumotlarini kiritmadi, shuning uchun u ommaga elon qilinmadi. O'rtoqlik o'yinini tashkil etgan Turkish Airlines homiyligidagi Road to 26 kompaniyasi xato uchun javobgar deya ko'rilmoqda. SHuningdek, kompaniya AQSHda turnir oldidan yana bir nechta o'yinlarga mezbonlik qildi.
Mazkur o'rtoqlik o'yini Argentinaning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Messi so'nggi 20 daqiqada maydonga tushdi va penaltidan gol urdi.

Fikrlar