So’nggi yangiliklar

15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0

05 may 16:32
Yangiliklar

Boks/MMA

JCH Hasanboy Do'smatov uchun havaskor boksdagi so'nggi chempionatmi? To'lqin Qilichev javob berdi

Teglar :  Hasanboy Do'smatov
Hasanboy Do'smatov Toshkentdagi Jahon chempionatidan so'ng havaskor boksdagi faoliyatini yakunlaydimi?

"Hasanboyni jangidan ko'nglim to'ldi. U professor. Terma jamoamizning aqlli bokschilaridan biri. Uning jangini tomosha qilib zavqlanasiz. Unga burchakda ko'p gapirish ham shart emas. U Olimpiada chempioni. O'z vaqtida eng zo'ri bo'lgan. Hozir ham formasini qayta tikladi va yana avvalgidek uning chiqishlaridan zavq olyapmiz. CHiroyli jang o'tkazdi, ortiqcha kuch ishlatish ham shart emasdi. O'z mahorati, maktabi bilan oddiy tarzda g'alaba qozondi. 

Ikkinchi raunda bir hakam ochkolarni raqib hisobiga berdi? Kimda boks qanday bo'lsa, hakamlik ham shu darajada bo'ladi. Hakamlarni o'ziga yarasha baholash mezonlari bor. Biz uni ha deb qabul qilamiz.

Hasanboy uchun bu havaskor boksdagi so'nggi chempionatmi? Buni Do'smatovni o'zi hal qiladi. Hozircha bu haqda nimadir deya olmayman. So'nggilaridan biri bo'lishi kerak. Yoshi ham o'tib boryapti. Asosiy maqsad - Olimpiada! Hozir u O'zbekistonda eng kuchlisi bo'lsa, nega uni Olimpiadaga olib bormasligimiz kerak. Eng zo'ri bo'lsa, albatta hali havaskor boksda davom etadi", - dedi Qilichev.

Reyting: +4   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing