18 may 12:57
Yangiliklar
Futbol
JCH tarixida ilk bor: futbolchilar tanaffus paytida jurnalistlar bilan gaplashadi
Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati futbol translyaciyasi qoidalarini qayta yozadigan noyob tadbirga aylanadi.
"The Touchline" nashrining xabar berishicha, FIFA rasman inqilobiy yangilikni tasdiqladi: ushbu Jahon chempionatida tomoshabinlar o'yinning tanaffusida o'yinchilar bilan qisqa intervyularni ko'radi.
Ushbu formatni amalga oshirish teleradiokompaniyalarning tashabbusiga bog'liq bo'ladi. Muayyan o'yinning rasmiy translyaciya huquqiga ega bo'lgan telekanallar endi FIFAga tanaffus vaqtida intervyu olish uchun maxsus so'rov yuborish huquqiga ega.
Agar so'rov maqullansa, kanallar tomonidan tanlangan o'yinchilar kiyinish xonasiga ketayotganda mikrofonlarga yaqinlashishlari va jurnalistlarning savollariga javob berishlari shart bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar