23 sen 13:11
Yangiliklar
Sport kurashlari

JCHda muvaffaqiyatli qatnashgan yunon-rum kurashchilarimiz Toshkentga qaytishdi
13-21 sentyabr kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Unda dunyoning 69 mamlakatidan 771 nafar sportchi 30 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordi.
Ushbu jahon chempionatida O'zbekiston milliy terma jamoasi jami 19 nafar (5 nafari erkin kurash, 8 nafari yunon-rum kurashi, 6 nafari ayollar kurashi) sportchi bilan 19 ta vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko'ra sportchilarimiz umumiy hisobda jami 5 ta medal (1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza) qo'lga kiritishdi.
Bugun Toshkent xalqaro aeroportida sportchilar tantanali kutib olindi. Tadbirda Sport vaziri o'rinbosari SHaxrillo Maxmudov, Sport kurashlari assosiaciyasi rahbariyati, OAV vakillari hamda sportchilarning yaqinlari ishtirok etdi.
Havola :
Manba : Minsport.uz
Fikrlar