20 iyu 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeff Monson nima sababdan Emelyanenko bilan jangdan voz kechganini aytdi
Rossiya pasportiga ega amerikalik MMA afsonasi Jeff Monson Aleksandr Emelyanenko bilan jang qilmasligini aytdi.
Bir necha hafta oldin Monson Emelyanenkoga qarshi xayrlashuv jangini o'tkazmoqchi ekanligini aytgan edi. Biroq endi Jeff Aleksandrning hozirgi holatini hisobga olib, bu fikrdan voz kechdi.
"Mening so'nggi jangim avgust oyining oxirida Ufada bo'ladi. Lekin Emelyanenko bilan jang aniq o'tkazilmaydi. Hozir unga kerakli tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Ko'pchilik undan uzoq vaqt davomida pul ishlab olish uchun foydalangan. Ular unga insondek g'amxo'rlik qilmagan", - dedi Monson.
Eslatib o'tamiz, promouter Vladimir Xryunov avgust oyida Emelyanenko uchun boks qoidalari asosida jang tashkil etishni reja qilganini aytgan edi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar