21 may 20:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeff Monson: "Xabib mukammallikka juda yaqin"
Sobiq MMA jangchisi Jeff Monson Xabib Nurmagomedov haqida gapirdi.
"Agar Xabibning faoliyatiga nazar solsak, u hozir besh-olti jang oldingidan farq qiladi. Hozir uni yutish ilojsiz.
Teykdaunlar haqida gapirsak, Korme undan yaxshiroq edi. Sababi, bu Olimpiya darajasi. Lekin, agar Xabib raqibini yiqitsa - bu yakun degani. Men hech qachon bunday jangchini ko'rmaganman. U raqiblariga parterda nafas olishga ham bermaydi.
Hech kim mukammal emas. Ammo, Xabib mukammallikka juda yaqin", - dedi Jeff Monson.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar