26 dek 07:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeff Nil: "Muhammadga titul jangi bering"
Jeff Nil UFC rahbariyatiga Bilol Muhammadga kamar uchun jang berish taklifi bilan chiqdi.
"Bilol Leonni mag'lub eta oladimi, bilmayman. Ammo u titul jangiga loyiq. Odamlar unga hurmat bilan qarashmayapti, aksincha zerikarli jangchi deyishmoqda...
Eshiting, u imkoniyatga loyiq. U menga mag'lub bo'lganidan keyin taxminan 10 tacha jangda g'olib bo'ldi. U aynan shu uchun mehnat qilmoqda, unga bir bor imkon berish kerak. Qachonki u kamarni olsa, yana bir bor uni mag'lub etaman", - dedi yarimo'rta vaznli jangchi Jeff Nil.
Eslatib o'tamiz, bu ikki yakkakurash o'rtasidagi jang 2019 yilda tashkil etilgan va unda Nil hakamlar qarori evaziga g'olib bo'lgandi.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar