23 noy 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Jek Della Maddalena Islam Maxachevning buyukligini tan oldi
Yarim o'rta vazn toifasida avstraliyalik sobiq UFC chempioni Jek Della Maddalena so'nggi jangidagi mag'lubiyatiga izoh berdi.
"Meni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Islam — buyuk jangchilardan biri, u g'alabaga loyiq edi. Men bundan xulosa chiqaraman va olg'a borishda davom etaman", deb yozgan Jek.
Avstraliyalik aralash yakkakurash ustasi 16 noyabr kuni UFC 322 turnirining markaziy jangi doirasida rossiyalik Islam Maxachevga qarshi bahs olib borib, ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygan va yarim o'rta vazndagi chempionlik kamaridan ayrilgan edi.
Havola :
Manba : x.com/jackdellamaddalena
Fikrlar