11 noy 15:04
Yangiliklar
Boks/MMA
Jek Della Maddalena: "Maxachevga o'rnini ko'rsatib qo'yaman"
Maddalena Maxachev ustidan g'alaba qozonsa, kelayotgan dam olish kunlari yangiliklar sarlavhalarida uning yarim o'rta vazn UFC chempionlik kamarini engil vaznliga qarshi himoya qilganiga urg'u berilishiga hayron bo'lmaydi.
"Rostini aytsam, shunday bo'ladi, deb umid qilaman. Bu men o'z ishimni bajarib, uni o'z joyiga jo'natganimni bildiradi. O'ylaymanki, jangning ertasi kuni hamma: "U axir engil vaznli, unga yarim o'rta divizionda joy yo'q" deydi. Men shunga erishmoqchiman - uni yana engil vaznga qaytarmoqchiman", - dedi Della Maddalena MMA Fighting nashriga bergan intervyusida.
"U pound-for-pound reytingida birinchi raqamli. U anchadan beri yarim o'rta vaznga o'tish haqida o'ylardi va omadim bor ekan, aynan u birinchi himoya jangimda menga raqib bo'ldi. Bundan ortiq eng yaxshi debyutni o'ylab topib bo'lmaydi - Nyu-Yorkda birinchi raqamli P4P egasi bilan jang", - deya qo'shimcha qildi amaldagi chempion.

Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar