So’nggi yangiliklar

11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 19:53Бобуржон Тагиев Mangu 5 турнирида жанг қилади. Рақиб маълум + ПОСТЕР 0 19:19UFC Fight Night 286 турнирининг барча натижалари: Ўнта финишли жанг, Нурмагомедовда нокаут 0

20 may 09:08
Yangiliklar

Boks/MMA

Jek Ketterol nima uchun SHahram G'iyosov bilan jangga rozi bo'lganini ochiqladi

23 may kuni Misrning Giza shahrida Aleksandr Usik ishtirokidagi katta professional boks turniri bo'lib o'tadi.

Oqshom doirasida yarim o'rta vazn toifasida vaqtinchalik WBA chempionlik kamari uchun ham jang tashkil qilinadi va unda hamyurtimiz SHahram G'iyosov britaniyalik Jek Ketterolga qarshi ringga ko'tariladi. Jek nima uchun ushbu jangga rozi bo'lgani, majburiy davogar bo'lgan Devin Xeyni bilan uchrashish imkoniyatini kutmaganini tushuntirdi.

Ketterolning so'zlariga ko'ra, G'iyosovga qarshi jang taklifini qabul qilishda u o'zining birinchi yarim o'rta vazn toifasidagi tajribasini hisobga olgan. Bu divizionda u uch yildan oshiq vaqt davomida majburiy davogar maqomida bo'lgan. 

"Bu mening hayotimdagi psixologik jihatdan eng og'ir davr edi, - dedi ingliz The Ring nashriga bergan intervyusida o'sha davrni eslab. - Ammo men uchun taklif qilingan har qanday jang boshqa imkoniyatdan voz kechish uchun jiddiy asos bo'lishi kerak va bu variant aynan shunday. Muddatidan sakkiz-o'n hafta oldin menga taklif qilingan katta boks kechasida WBA chempionligi uchun jang. Men bu imkoniyatdan voz kechmoqchi emasman... 32 yoshdaman va istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. Xeyni istamayaptimi — unda menga SHahramni beringlar deb aytganman".

Malumot uchun, Jek Ketterol prof boksdagi faoliyatida 32 g'alaba (14 nokaut) va 2 mag'lubiyat qayd etgan. SHahram G'iyosov esa 17 ta jangining barchasida zafar quchgan. Ushbu janglarining 10 tasini muddatidan avval yakunlangan. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing