17 fev 20:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Jek Pol Konor Makgregorga murojaat qildi
Bokschi-bloger Jek Pol ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorga murojaat qildi.
"Paradigim Sports Management Agency"ni tabriklayman! UFC reytingidagi 1 va 2-raqamli eng yuqori maosh oluvchi sportchilar bu - men va Izzi.
Ajoyib sport agentligi bilan faxrlanish uchun yaxshi imkoniyat. Butun jamoamni tabriklayman, Israelga g'alaba muborak bo'lsin", - deb yozgan edi irlandiyalik jangchi.
Pol esa bunga javob qaytardi.
"Darhaqiqat, Izzi bunga loyiq edi, lekin afsuski, Tayson Fyuri hali ham janglardan ikkalangiz birgalikda topadigan daromadingizdan ko'ra ko'proq daromad oladi.
Konor, qachon barcha jangchilar ko'proq pul olishlari va tibbiy yordam olishlari uchun o'z hissangizni qo'shasiz?", - deb javob qaytargan Pol.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar