07 dek 12:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Jervonta Devis: "2025 yildan keyin boksni tugataman"
Engil vazn toifasida WBA chempioni Jervonta Devis (30-0, 28 KO) 2025 yildan so'ng faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.
"2025 yildan keyin boksdagi faoliyatimni tugataman. Kelayotgan yil uchta jang o'tkazaman, keyin esa ketaman", dedi Devis.
Jervonta 2025 yilning 1 mart kuni Bruklinda tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida Lamont Rouchga qarshi ringga chiqadi. Devis so'nggi jangini iyun oyida Frank Martinga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar