22 avg 14:18
Yangiliklar

Jervonta Devis ikkita chempionlik kamaridan mahrum qilinishi mumkin
CHavesning so'zlariga ko'ra, Jervonta 27 avgustgacha rasmiy javob berishi kerak.
«Associaciya bitta vazn toifasida faqat bitta jahon chempioniga ega bo'lishi mumkin. Agar chempion boshqa vazn toifasida chempionlik jangini o'tkazmoqchi bo'lsa, u yozma ariza berishi kerak va g'alaba qozongan taqdirda 5 kun ichida faoliyatini qaysi vaznda davom ettirishini hal qilishi lozim.
Bu qoidalarga rioya qilmaslik jahon chempionligi kamarlaridan birini yoki ikkalasini birdaniga yo'qotishiga olib kelishi mumkin. Agar bizni qiziqtirgan malumotni olmasak, WBA qo'mitasi qoidalarga muvofiq tegishli choralarni ko'radi", - dedi CHaves.
Eslatib o'tamiz, Jervonta Devis engil va birinchi yarim o'rta vazn toifasida WBA Regular, shuningdek, ikkinchi vazn toifasida WBA Super kamariga ega.
Fikrlar