18 apr 17:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Jervonta Devis: "Men endigina 28 yoshdaman va allaqachon afsonaga aylanganman"
Amerikalik yulduz bokschi, uch vazn toifasida jahon chempioni Jervonta Devis hamyurti Rayan Garsiyaga qarshi jang oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Menga qarshi kim jang qilishi qiziq emas. 22 aprel kuni keling va ular mening qo'limni ko'tarishlarini ko'ring. Men boksning yuziman. Men bor-yo'g'i 28 yoshdaman, lekin allaqachon afsonaman», - deya Devisning so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Jervonta Devis professional faoliyatida 28 ta jang o'tkazib, 28 tasida g'alaba qozongan, shulardan 26 tasi muddatidan oldin yakunlangan.
Rayan Garsiya esa professional boksda 23 ta jang o'tkazib, 23 bor g'alabaga erishgan, shundan 19 tasida nokaut qayd etgan.
Eslatib o'tamiz, bu ikki bokschi o'rtasidagi jang 22 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar