02 fev 18:01
Yangiliklar
Boks/MMA
Jervonta Devis qamoqdan garov puli evaziga ozod qilindi
Amerikalik prof bokschi Jervonta Devisning advokati Saymon Stekel mijozi Mayamida oilaviy zo'ravonlik, noqonuniy qamoqqa olish va odam o'g'irlashga urinish ayblovlari bilan hibsga olinganidan keyin garov puli evaziga ozod qilinganini elon qildi.
Xabarlarga ko'ra, Devis Mayamidagi axloq tuzatish muassasasiga olib ketilgandi. Mayami-Deyd okrugi sudyasi Jervontani 16 000 AQSH dollar miqdoridagi garov puli evaziga ozod qildi.
"Jervonta Devis chinakam jabrlanuvchi va men bu hayratlanarli voqeani sudda isbotlashni intiqlik bilan kutaman. Bu ishda Jervonta Devis bilan sodir bo'lgan voqea unga qarshi qo'yilgan dastlabki ayblovlardan tashqariga chiqadi va unga qarshi qo'yilgan ayblovlar bekor qilingandan keyin uzoq vaqt muhokama qilinadigan jinoyatchilik darajasini fosh qiladi", deya Stekelning so'zlaridan iqtibos keltiradi Associated Press nashri.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar