11 mar 15:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Jervonta Devis The Ring reytingining kuchli o'ntaligidan chiqarib tashlandi
WBA talqini bo'yicha engil vazn chempioni Jervonta Devis Lamont Rouchga qarshi durang jangidan so'ng The Ring jurnali tomonidan tuziladigan pound-for-pound reytingining kuchli o'nligidan chiqib ketdi.
Devis o'tgan oy reytingda sakkizinchi o'rinda turgandi. Lekin uning o'rniga WBC vaqtinchalik chempioni va WBA kamari sohibi Devid Benavides kuchli o'nlikka kirdi.
Yangi top-10 quyidagicha ko'rinish oldi:
Aleksandr Usik
Naoya Inoue
Terens Krouford
Dmitriy Bivol
Artur Beterbiev
Jessi Rodriges
Saul «Kanelo» Alvares
Dzyunto Nakadani
Devin Xeyni
Devid Benavides
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar