04 mar 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Jervonta Devis va Lamont Rouch o'rtasidagi jang natijasi qayta ko'rib chiqilishi mumkin
Nyu-York sport komissiyasi engil vazn toifasida WBA kamari uchun kechgan jang - Jervonta Devis va Lamont Rouch o'rtasidagi jang natijasini qayta ko'rib chiqishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, jangning 9-raundida Devis tizza bilan o'tirib qolgan, biroq referi nokdaun hisoblamagandi. Jang durang natija bilan tugagan.
"To'qqizinchi raundda videotakror so'rovidan so'ng, texnik muammo kelib chiqqan. Komissiya zarur vaqt ichida javob ololmagan. Referi jangni davom ettirish qaroriga kelgan. Komissiya janglardagi shaffoflikni saqlab qolishga va texnik muammoga uchragan barcha promouterlar bilan hamkorlik qilishga intiladi", - deyiladi komissiya bayonotida.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar