13 okt 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Jessika Fariasni mag'lub etdi va mutlaq jahon chempioniga “vyzov” tashladi
Xabar berganimizdek, bugun AQSHning CHikago shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Ayollar o'rtasida birinchi yarim o'rta vazn toifasida WVA va WVC chempioni Jessika Makkaskil sobiq WVC kamari sohibi Erika Fariasga qarshi ringga ko'tarildi. Jang to'liq 10 raund davom etdi va unda Jessika raqibasini 94-94, 97-91, 96-92 hisobida taslim etdi.
Makaskil g'alabadan so'ng engil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Keti Teylorga qarshi revansh jangida ishtirok etmoqchi ekanligini malum qildi. Jessika Teylorga 2017 yilda o'tkazilgan jangda imkoniyatni boy berib qo'ygan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar