15 may 16:39
Yangiliklar
Jeyk Pol Dana Uayt o'ziga taqiq qo'yganini aytdi
U buni UFC rahbari Dana Uaytning munosabati bilan bog'ladi.
Jeyk: "CHunki meni WWE’ga kiritishmaydi. Buni umuman aytishim mumkinmi?"
Daniel Ernandes: "To'xta, nima?"
Jeyk: "Qisqasi, eshitinglar: Dana Uayt va ularning hammasi meni juda yomon ko'radi, chunki men…"
Daniel: "Lekin Dana WWE’da emas-ku. U UFC’da-ku?"
Jeyk: "Endi bularning hammasi bitta kompaniya. Ha. Ular meni u erda ko'rishni istashmaydi, chunki bu bilvosita mening brendimni reklama qilish bo'lardi. SHuning uchun hatto akam ishtirok etadigan WWE restling shoulariga ham kirishimga ruxsat berishmaydi, chunki men MMA’ni targ'ib qilyapman. Bu dam olish kunlarida Netflix’da kardimiz bor: Ronda Rouzi, Frensis Ngannu, Neyt Diaz, Mayk Perri — hamma ulanib ko'rsin. Yigitlarga hurmat. Lekin ha, meni hatto WWE’ga ham qo'yishmaydi. Ular meni shunchalik yomon ko'radi", — dedi Jeyk.
Fikrlar