08 fev 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Jeyk Pol "Kanelo" bilan boks tushmoqchi
Videobloger Jeyk Pol ayni vaqtda boks bo'yicha P4P reytingi etakchisi, meksikalik Saul "Kanelo" Alvares bilan jang qilish ishtiyoqida ekanligini aytib o'tdi.
Jeyk Pol boksda ikki marta sobiq UFC chempioni Tayron Vudlini mag'lubiyatga uchratganidan so'ng, sportdagi obro'si ancha ko'tarildi. So'ngra g'alabadan biroz o'tib, Tayson Fyurining ukasi Tommi Fyuri bilan jang qilmoqchi edi. Ammo Tommi jarohat olib, bahsga tayyor emasligini bildirdi. Pol esa jangni boshqa sanaga ko'chirimasligini va Tommining o'rniga boshqa raqib qidirayotganini aytdi. U keyingi raqibi Saul Alvares bo'lishini istamoqda.
Eddi Xirn "Talksport" kanalidagi suhbatda Polga qarata: "Kanelo qiyin raqib ekanini bilib turib, jiddiy aytyapsizmi" degan gapiga Jeyk: "Albatta men jiddiy gapiryapman, men u bilan boks tushishga tayyorman" deb javob berdi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar