So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

30 mar 07:22
Yangiliklar

Boks/MMA

Jeyk Pol ringga qaytish muddatini aytdi

Amerikalik 29 yoshli bloger-bokschi Jeyk Pol Entoni Joshuaga yutqazgani, jag'i ikki marta singaniga qaramay, ringga qaytish haqida qayg'ura boshladi.

U shu yilning noyabr-dekabr oylarida ringga qaytishni rejalashtirmoqda.

"O'ylashimcha, to'rt-besh oydan keyin sparringlarga kirisha olaman, — dedi Jeyk Pol Sky Sports’ga bergan intervyusida jag'i singanidan keyingi tiklanish haqida gapirib. — Kundan kunga yaxshilanyapti, lekin bu, albatta, noqulaylik tug'diradi. Ko'ramiz, sparringlarga qaytganimda nima bo'lar ekan. Ehtimol, jang noyabr-dekabr oylarida o'tkazilishi mumkin".

Avvalroq Jeyk Pol endigi raqibi UFC sobiq chempioni Frensis Ngannu bo'lishi mumkinligini aytgandi. Hozirda u 2023 yilda o'zi mag'lub bo'lgan britaniyalik bokschi Tommi Fyuri bilan revansh jangi o'tkazish imkoniyatini butunlay rad etdi.

"Biz Fyuri bilan kelishib olishga juda ko'p urindik, lekin ular shunchaki aqldan ozganlar, — deya takidladi Pol. — Menda kimnidir umrbod taminlashga hojat yo'q, hech kim Tommi Fyurini tanimaydi. Endi ular bilan kelishishga harakat qilmayman. Mana shunaqa gaplar", - dedi amerikalik.

SHuningdek, Jeyk Pol aralash yakka kurashlarda debyut qilish niyatida ekanligini va buni Aleksandr Usikka qarshi MMA qoidalari bo'yicha jangda amalga oshirishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.

"Bu jiddiy gap, lekin nima bo'lishini ko'ramiz, — dedi Pol Usik bilan jang haqida. — Avval mashg'ulotlarga qaytishim kerak. Hayotda hali ko'p ishlar qilish mumkin".

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing