24 may 13:57
Yangiliklar
Boks/MMA
Jeyk Pol Usik - Verxuven jang oqshomini tanqid qildi
Amerikalik bloger va bokschi Jeyk Pol Misrda o'tgan katta boks kechasi tashkilotchiligini tanqid qildi.
"Bugungi turnir — odamlar nega Matchroom uslubidagi shou yoki boshqa promouterlik kompaniyalari tashkil qilgan kechalarni yoqtirmasligining yorqin misoli. Janglar orasida juda ko'p gap va tanaffuslar bo'ldi.
Bu odamlar necha yildan beri shu ish bilan shug'ullanadi va haligacha muxlislar janglarni ketma-ket ko'rishni istashini tushunib etmadimi? Bu britan ekspertlari, har xil gap-so'zlar... Qani endi! Men soat 13:00dan beri ko'ryapman va hali ham Toni Bellyuning o'tmishda nimalar qilgani haqidagi gaplarini eshityapman. SHuning uchun ham MVP hozir eng yuqorida", — deb yozdi Pol X ijtimoiy tarmog'ida.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar