12 jan 10:10
Yangiliklar

Jeyk Polning Xabib bilan mashq qilish borasidagi gaplari uydirma bo'lib chiqdi
Murabbiy Xaver Mendes esa ushbu malumotni rad etdi.
"Bo'lishi mumkin, ammo biz buni avval kelishib olishimiz kerak. Barchamiz Jeyk Pol biz bilan mashq qilishini ovozga qo'yamiz. Agarda birgina jangchi ham unining bu erda bo'lishini xohlamasa, Jeyk bizda mashq qila olmaydi.
Gapni boshidan boshlasak, u menga bu taklifi haqida bir og'iz ham aytmadi. O'rtamizda hech qanday kelishuv ham yo'q. Jeyk juda aql bilan harakat qilmoqda. U bizning ismimizni tilga olib juda to'g'ri yurish qildi. Men uni qo'llab-quvvatlovchi xabar ham jo'natdim, u esa menga mashg'ulotlar haqida gapirdi.
Sen barcha davrlarning eng buyuk jangchisi bo'lishing mumkin. Ammo, biz bilan mashq qilishing uchun jamoaning roziligini olishing kerak. Ayni damda unda bunday huquq yo'q. Sababi, u hali jamoaga qo'shilishi haqida gapirgani ham yo'q. SHu sabab ham, bu mavzu muhokamaga qo'yilmaydi", - deydi Xaver Mendes.
Fikrlar