21 may 09:36
Yangiliklar
Velosport
“Jiro d'Italiya”. Yeyts 15-bosqich g'olibi, bu uning uchinchi muvaffaqiyati
Britaniyalik poygachi Saymon Yeyts ko'pkunlik nufuzli “Jiro d'Italiya” Qirollik musobaqasining 15-bosqich g'olibiga aylandi.
Mitchelton-Scott jamoasi azosi hisoblangan Saymon Tolmedzo - Sappada shaharlari oralig'idagi 176 km masofani 4 soatu 37 daqiqa 56 soniyada bosib o'tdi. Bu uning uchinchi muvaffaqiyatli finishi bo'ldi.
Peshqadamga 0,41 soniya vaqtni boy bergan Migel Anxel Lopes (Kolumbiya, “Astana”) ikkinchi, Tom Dyumolen (Gollandiya, Sunweb) esa uchinchi o'rinni egalladi. O'n beshta bosqich yakunlariga ko'ra aynan Yeyts peshqadamlik qilyapti.
Havola :
Fikrlar