So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

03 apr 19:27
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar uchun sport bayrami

Teglar :  Paralimpiya
Bugun Toshkent shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan bolajonlar uchun sport bayrami tashkil qilindi.

Milliy paralimpiya Associaciyasi, O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishi to'g'risida”gi PQ-2821-sonli qarori va 2017 yil 1 avgustdagi “Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi F-5006-sonli farmoyishida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash maqsadida poytaxtimizda joylashgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun  ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari va kollej tarbiyalanuvchilari o'rtasida  “Navro'z” bayramiga bag'ishlangan musobaqa tashkil etdi. Turnir stol tennisi, shashka va mini-futbol sport turlari bo'yicha o'tkazildi.

Takidlash lozimki, musobaqani o'tkazish orqali mamlakatimizda imkoniyati cheklangan yoshlarni sportga jalb qilish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, shu orqali jismoniy nuqsoni bor bolalarni jamiyatga integraciyalash va hayotga bo'lgan qiziqishini yanada orttirish kabi muhim jihatdan qamrab olindi.

Bellashuvlarda 80dan ortiq bolalar ishtirok etdilar. Musobaqaning barcha ishtirokchilariga O'zbekiston Milliy paralimpiya Associaciyasi va O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi. Ishtirokchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurgan elimiz suygan sanatkorlar o'zlarining chiqishlari va bolalar uchun samimiy tilaklari bilan barchani hushnud qildilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing