So’nggi yangiliklar

17:20Нурсултон Рўзибоевга мағлуб бўлган рус жангчисига янги рақиб берилди (ПОСТЕР) 0 16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0

16 okt 08:24
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari xalqaro konferenciyada ishtirok etdi

Qozog'istonning Olmaota shahrida Xalqaro universitet sport federaciyasi va Xalqaro jismoniy tarbiya va sport universitetlari associaciyasi homiyligida “Universitet sporti: millat salomatligi va farovonligi” mavzusida IX Xalqaro yosh olimlar va talabalar o'rtasida ilmiy konferenciya bo'lib o'tdi.

Konferenciyada O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor M.Boltabaev rahbarligida universitetning sport o'yinlari fakulteti 4-bosqich talabasi Karina Alimova hamda 3-bosqich talabasi Olga Klyuchnikovalar ishtirok etishdi.

Anjuman turli mamlakatlarning jismoniy madaniyat va sport sohasidagi talabalar hamda yosh olimlarini birlashtirib, talabalar sportini rivojlantirish muammolari va istiqbollari, yoshlarning sog'lig'i va jismoniy rivojlanishini kuchaytirish vositalari va usullarini izlab topishga xizmat qiladi.

Konferenciyadan ko'zlangan asosiy maqsad – talabalar sportini rivojlantirishning turli jihatlarini muhokama qilish, salomatlikni saqlash va targ'ib qilish, talabalarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam tanishtirib, yangi sport texnologiyalarini aniqlashga yordam berishdan iborat.

Malumot uchun, Konferenciya doirasida Qozog'iston sport va turizm akademiyasining 75 yillik yubileyi ham keng nishonlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing