So’nggi yangiliklar

08:46Ламин Ямаль диний камситишларга қарши: "Мен мусулмонман, алҳамдулиллаҳ!" 0 08:25Бугун "Ҳумо Арена"да кардидан икки чемпионлик жанги ўрин олган Octagon 85 турнири бўлиб ўтади 0 08:04Жордан тарихдаги энг кўп маош олувчи спортчи! Роналду учинчи 0 07:43Бугун Осиё чемпионатида уч боксчимиз 1/4 финал чиптаси учун рингга чиқади 0 07:22"Челси"дан тарихий антирекорд: Лондонликлар бир мавсумда 262 миллион фунт зарар кўришди 0 07:01Осиё чемпионатида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 21:08Баракалла! "Номзодлар турнири". Синдаров пешқадамлар баҳсида асосий рақиби Фабиано Каруанани мағлуб этди 0 18:09Топурия ижтимоий тармоқлардаги статусида Гэтжи устидан ғалабани олдиндан ўз ҳисобига ёзиб қўйди + ФОТО 0 17:47Қизиқ! Шерзод Темиров 24 соат ичида иккита ўйинда иштирок этди. Футболчининг ўзи вазиятга изоҳ берди 0 17:27Абдуллаев, Жалолов, ва Жамалов. Эркин кураш терма жамоамизнинг Осиё чемпионати учун таркиби қандай? 0 17:06Синдаров: "Болалигимизда Праггнанандҳа билан кўп ўйнаганмиз ва деярли ҳар доим у ютарди" 0 16:43Кутганмидингиз? Шоҳжаҳон Эргашевнинг Батир Жукембаев билан жанги қолдирилди 0 16:22Конго ДР президенти терма жамоани табриклади 0 15:57Чемпион Волкановскининг кейинги рақиби Мовсар Евлоев бўлади 0 15:35M25 Maanshan: Фомин ғалаба билан бошлади, Шинда мағлубият 0

26 avg 16:24
Yangiliklar

Boks/MMA

Jismoniy tarbiya va sport universitetini tamomlagan eng mashhur 10 nafar o'zbek bokschisi + FOTO

Bu yil o'zbek sportida o'z o'rniga ega bo'lgan O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etilganiga 65 yil to'ladi.

SHu munosabat bilan mazkur o'quv dargohi haqidagi maqolalarni etiboringizga havola qilishda davom etamiz. 

Aslida bu erdan o'zbek sportining ko'plab yulduzlari etishib chiqqan. Lekin bugungi maqolamizda ushbu universitetni bitirgan o'zbek boksidagi eng mashhur 10 nafar charm qo'lqop ustasi haqidagi malumotlar bilan tanishtirmoqchimiz. 

#UzDJTSU2020 #UzDJTSU_65_YOSHDA



Rustam To'laganov – Rio Olimpiadasida bronza medalini, Osiyo chempionatida ham bronza medalini qo'lga kiritib, shohsupaga ko'tarilgan.




Bobousmon Baturov – Islom birdamlik o'yinlari, Osiyo o'ynlari va Osiyo chempionati chempioni, jahon chempionatining bronza medali sohibi, Tokio Olimpiadasi uchun licenziyani qo'lga kiritgan. 



 
Isroil Madrimov – Osiyo o'yinlarining oltin va kumush medallariga ega chiqqan, Osiyo chempioni, bugungi kunda professional boksda muvaffaqiyatli odimni davom ettirmoqda.



 
SHahram G'iyosov – Jahon chempioni, Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi, Osiyo chempioni, Osiyoda yilning eng yaxshi bokschisi.



Murodjon Ahmadaliev – Rio Olimpiadasida bronza, jahon chempionatida esa kumush medalni qo'lga kiritgan. Osiyo chempioni. Bugungi kunda professional boksda IBF va WBA yo'nalishlarida jahon chempioni hisoblanadi.



Bahodir Jalolov – Jahon chempionatining oltin va bronza medallarini qo'lga kiritgan, Osiyoning ikki karra chempioni, 2019 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi, Rio Olimpiadasi ishtirokchisi, Tokio Olimpiadasiga licenziya qo'lga kiritgan. 



Fazliddin G'oibnazarov – Rio Olimpiadasi chempioni, jahon chempionatining kumush medali sohibi. Bugungi kunda professional boksda faoliyatini davom ettirmoqda.



Rustam Saidov – Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatining bronza medali sohibi, ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi, ikki karra Osiyo chempioni, bugungi kunda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanmoqda.



SHahobiddin Zoirov – Rio Olimpiadasi chempioni, Jahon chempioni. Bundan ko'rsatkichni o'zbek boksida Muhammadqodir Abdullaevdan tashqari faqatgina SHahobiddin Zoirov qayd etgan. Tokio Olimpiadasiga licenziyani naqd qilib qo'ygan Zoirov Olimpiadadagi ikkinchi oltin medalini qo'lga kiritmoqchi. 


Rufat Risqiev – Jahon chempioni, Olimpiya o'yinlarining kumush medali sohibi. To'rt karra sobiq ittifoq chempioni. Bugungi kunda boks bo'yicha O'zbekiston chempionatining eng yaxshi bokschisiga aynan Rufat Risqiev nomi bilan ataluvchi sovrin topshiriladi. 



Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing