So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

03 fev 12:06
Yangiliklar

Tadbirlar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev sohada faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan uchrashdi.

Malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev rahbarligida 2019 yil 27 dekabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida barcha sohalar masullariga yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Mazkur dastur doirasida jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabievning yoshlar bilan ochiq muloqotlar o'tkazish grafigi ishlab chiqildi. 31 yanvar kuni o'tkazilgan ilk ochiq muloqotda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimida faoliyat ko'rsatayotgan yosh xodimlar hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari ishtirok etdi.

Yoshlar bilan uchrashuv ochiq va o'ta samimiy ruhda o'tdi. Unda jismoniy tarbiya va sport vaziri sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to'xtalib, mamlakat sportini yanada yuqori darajaga olib chiqishda istedodli va intiluvchan yoshlarga ishonch bildirishga tayyor ekanligini takidladi.

Sir emas, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga alohida etibor va g'amxo'rlik ko'rsatib kelinmoqda. Bunga javoban Jismoniy tarbiya va sport vazirligida ham “Yoshlar kengashi” tuzib chiqildi. Kengashga mamlakatimizning har bir tumanidan iqtidorli yoshlar jalb qilingan. SHu bilan birga vazir Dilmurod Nabiev yoshlar bilan ochiq muloqot olib borish uchun ijtimoiy tarmoqlarda maxsus sahifa ochilishi, unda sohada faoliyat olib borayotgan ertamiz egalari o'zlarini qiynayotgan muammolar bilan to'g'ridan-to'g'ri vazirga murojaat qilishlari mumkinligini takidladi.

SHuningdek, yig'ilishda D.Nabiev yangi 2020-2021 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talim tizimi uch yilgacha qisqartirilishi, bu esa sohadagi eng og'riqli muammolardan biri – sport talimi muassasalaridagi oliy malumotli trenerlar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borishga xizmat qilajagini ham takidlab o'tdi.

Ushbu ochiq muloqotda yoshlar o'zlarini qiynayotgan muammolar bilan vazirga murojaat qilishdi va Dilmurod Hamidullaevich ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil malumot berdi.

Takidlash kerak, jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabievning yoshlar bilan ochiq muloqotlari har oyda o'tkazib turiladi hamda kelgusi uchrashuvlar mamlakatimizning olis hududlarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing