13 iyu 13:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Jo Sonders faoliyatini tugatish haqida o'ylaganini tan oldi
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Billi Jo Sonders o'z faoliyatini tugatish haqida o'ylaganini aytdi.
"Men faoliyatim haqida juda ko'p o'yladim va farzandlarim bilan vaqtimni o'tkazdim. Yuzim uch joyidan sindi va operaciya qilindim. Hozir bir yuzimga bir nechta metall bo'laklari qo'yilgan. Xuddi terminatordekman.
Yaqinda 31 yoshga to'laman, agar men dam olishni xohlasam, buni qila olaman. SHunday bo'lishi ham kerak. Men otamdan fikr so'radim. Agar ular faoliyatimni tugatishni maslahat berishsa, aynan shunday qilaman", - dedi Billi Jo Sonders.
Eslatib o'tamiz, Billi Jo Sonders yaqindagina Saul Alvares bilan jang qilib mag'lubiyatga uchragandi va og'ir jarohat olgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar