05 apr 20:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Joel Dias: "Men Murodjon raqibini nokaut qilishini oldindan kutgandim"
Murodjon Ahmadalievning AQSHlik murabbiyi Joel Dias Ahmadaliev va Ivasa o'rtasidagi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Nima deya olishim mumkin? Biz juda qattiq tayyorgarlik olib borgandik. Men Murodjondan Ivasani nokaut qilishini oldindan kutgandim. Sababi, biz mashg'ulotlarda juda qattiq ishlagandik. Jangdan oldin hamma rejalarni o'ylab qo'ygandik. Buni amalga oshirish faqatgina vaqtning hukmida edi. Ivasa kuchli chempion, tajribali bokschi. U juda ko'p zarbalar berdi va yiqilishni xohlamayotgan edi. Ammo, Ahmadaliev baribir uni nokautga uchratdi. Biz jangning har bir raundida o'z taktikamizni raqibning harakatlaridan kelib chiqib moslashtirib bordik va natijaga erishdik", - dedi Joel Dias.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar