25 jan 14:20
Yangiliklar
Jokovich 70-marotaba "Katta Dubulg'a" turnirlari 1/8 finaliga chiqdi. Bu rekord!
Serbiyalik afsona Australian Open turnirining uchinchi davrasida ATP reytingida 75-pog'onada borayotgan niderlandiyalik Botik van de Zandshulpni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/3, 6/4, 7/6(4). Tennischilarning o'zaro uchinchi uchrashuvlaridan so'ng Novak hisobda oldinga chiqdi - 2:1.
Ikki soatu 46 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 11, van de Zandshulp 15 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Novak Australian Open turnirlaridagi ishtiroki davomida o'zining 102-g'alabasini nishonladi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u shveycariyalik afsona Rojer Federerga tenglashib oldi.
Bundan tashqari, serbiyalik tennischi aynan Rojerga tegishli bo'lib kelgan yana bir rekordni yangiladi. Novak faoliyati davomida 70-marotaba "Katta Dubulg'a" turnirlari 1/8 finaliga chiqdi. Endi Avstraliya Ochiq chempionatining 10 karra chempioni 1/8 finalda amerikalik Itan Kuinndan ustun kelgan chexiyalik Yakub Menshikka qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar