31 jan 09:59
Yangiliklar
Tennis
Jokovich - "Katta Dubulg'a" turnirlarining eng keksa finalchilari ro'yxatida ikkinchi o'rinda
Avstraliya Ochiq chempionatining 10 karra chempioni Novak Jokovich 1/2 finalda Yannik Sinnerni mag'lub (3/6, 6/3, 4/6, 6/4, 6/4) etib, "Katta Dubulg'a" turnirlarining eng keksa finalchilari orasida ikkinchi o'ringa ko'tarildi.
Serbiyalik 38 yoshli tennischidan faqat Ken Rouzoll oldinda, u 39 yoshu 295 kunligida US Open-1974 va 39 yoshu 233 kunligida Uimbldon-1974 musobaqalarida hal qiluvchi finalgacha etib borgan.
Avstraliya Ochiq chempionatida Novak Jokovich 1972 yilda, 37 yoshu 54 kunligida finalga chiqqan Rouzollning rekordini yangiladi.

Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar