27 sen 19:17
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/135840_220.jpg)
Jon Jons Blaxovichni tabrikladi va qaytishga shama qildi
UFCning yarimog'ir vazn toifasidagi sobiq chempioni Jon Jons Yan Blaxovichni tabrikladi.
"Yan, ushbu damlardan zavq ol do'stim. Yigitlar, agar men yana yarimog'ir vazn toifasiga qaytib, kamarni yana o'zimga tezda qaytib olsam g'alati bo'lmaydimi?", - deb yozib qoldirgan Jons Tvitterdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, bugun Yan Blaxovich Dominik Reyesni nokaut qilib, yarimog'ir vazn toifasida vakant bo'lib turgan kamarni qo'lga kiritdi.
Bungacha Jon Jons og'ir vaznga o'tayotgani uchun ushbu kamar vakant bo'lib turgandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar