02 sen 10:02
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons: "Bularning barchasi oilam uchun edi"
Og'ir vazn toifasida UFC amaldagi chempioni, amerikalik aralash yakka kurash ustasi Jon Jons yaqin orada faoliyatini yakunlashi mumkinligiga yana bir bor ishora qildi.
"Men tanamni qurbon qildim. Miya chayqalishlariga ham dosh berdim. Bularning barchasi oilamni taminlash uchun edi. O'zimdan faxrlanaman. Men o'z ishimni qilyapman", dedi Jons.
Malumot uchun, 37 yoshli Jons faoliyati davomida hozirga qadar 28 ta jang o'tkazib, 27 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar