10 jan 07:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Jon Jons CHechenistonda unga qanday sovg'a berishganini aytdi
Og'ir va yarim og'ir vazn toifalarida sobiq UFC chempioni Jon Jons CHechenistonga tashrifi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi u erda CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirovning o'g'li Adam Kadirovning tug'ilgan kunida mehmon bo'lgan edi.
"Menga juda chiroyli soat sovg'a qilishdi va umuman olganda, sayohat ajoyib xotiralar qoldirdi. Men esa Adamga chiroyli brilliant marjon sovg'a qildim. Bu nihoyatda quvnoq uchrashuv edi. Ajoyib o'tkazilgan vaqt", - dedi Jons YouTube’dagi Red Corner MMA kanalida.
Malumot uchun, Jon Jonsning aralash yakkakurashlardagi rekordi 28 g'alaba va 1 mag'lubiyatdan iborat. O'n bitta jangini muddatidan avval nokaut bilan yakunlagan.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar